MY.GOV.UZ portali orqali qanday tibbiy xizmatlardan foydalanish mumkin?

MY.GOV.UZ portali orqali qanday tibbiy xizmatlardan foydalanish mumkin?

My.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hozirda 520 ta onlayn xizmatlar ko'rsatib kelinmoqda. Ular qatorida sog'liqni saqlash sohasiga oid xizmatlar ham bo'lib, minglab yurtdoshlarimiz ular orqali uydan chiqmasdan, birgina telefon orqali o'zlariga zarur ma'lumotlarga ega bo'lishmoqda.

My.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi "Sog'liqni saqlash" bo'limida 15 ta onlayn xizmatlarni o'z ichiga oladi, ular quyidagilar:
 Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma'lumotnomalarini olish;
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o'tkazish va ularga malaka toifalari berish;
 Sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash salomatlik ko'rsatkichlari haqida ma'lumot olish;
 Oilaviy shifoxona shifokori ma'lumotlari bilan tanishish;
 Tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiya qilish;
 Tibbiy orderni tekshirish;
 Shifokor qabuliga yozilish;
 Aholining profilaktik ko'riklar taqvimi;
 Tibbiy ma'lumotnomalarni olish (083/h shakldagi);
 Profilaktik emlanganlik holatini tekshirish;
 Davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari haqida ma'lumot;
 40 yoshdan keyingi yurak qon-tomir tizimi kasalliklari xavfini baholash nomogrammasi;
 Bolalarning emlanish taqvimi;
 Tana vazni va og'irligi kalkulyatori;
 COVID-19 ga emlashga yozilish va holatini tekshirish.
Shuningdek, portalning "ijtimoiy himoya" bo'limida:
 Ruhiy salomatlik bo'yicha dispanserdan ma'lumotnoma;
 Narkologiya bo'yicha dispanserdan ma'lumotnoma 
olish xizmatlari ham mavjud.
Eslatma: ushbu xizmatlardan foydalanish uchun OneID tizimida ro'yxatdan o'tish zarur. Ayrim xizmatlardan foydalanish uchun eri (elektron raqamli imzo) ham talab qilinishi mumkin.

7-05-2024, 11:45
Sahifaga qaytish