MY.GOV.UZ portali orqali qanday tibbiy xizmatlardan foydalanish mumkin?
My.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi "Sog'liqni saqlash" bo'limida 15 ta onlayn xizmatlarni o'z ichiga oladi, ular quyidagilar:
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma'lumotnomalarini olish;
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o'tkazish va ularga malaka toifalari berish;
Sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash salomatlik ko'rsatkichlari haqida ma'lumot olish;
Oilaviy shifoxona shifokori ma'lumotlari bilan tanishish;
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiya qilish;
Tibbiy orderni tekshirish;
Shifokor qabuliga yozilish;
Aholining profilaktik ko'riklar taqvimi;
Tibbiy ma'lumotnomalarni olish (083/h shakldagi);
Profilaktik emlanganlik holatini tekshirish;
Davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari haqida ma'lumot;
40 yoshdan keyingi yurak qon-tomir tizimi kasalliklari xavfini baholash nomogrammasi;
Bolalarning emlanish taqvimi;
Tana vazni va og'irligi kalkulyatori;
COVID-19 ga emlashga yozilish va holatini tekshirish.
Shuningdek, portalning "ijtimoiy himoya" bo'limida:
Ruhiy salomatlik bo'yicha dispanserdan ma'lumotnoma;
Narkologiya bo'yicha dispanserdan ma'lumotnoma
olish xizmatlari ham mavjud.
Eslatma: ushbu xizmatlardan foydalanish uchun OneID tizimida ro'yxatdan o'tish zarur. Ayrim xizmatlardan foydalanish uchun eri (elektron raqamli imzo) ham talab qilinishi mumkin.