

Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari olim Omonov "Huawei Tech Investment Tashkent" kompaniyasi direktori o'rinbosarlari — Yan Toyuan hamda suli Gayrat boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.Muloqotda yurtimizda Smart Hospital (aqlli shifoxona) loyihasini amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, loyihani tajriba-sinov tarzida joriy etish uchun hududni aniqlash, tibbiyot muassasalari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, o'zaro hamkorlikni huquqiy jihatdan mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
O'z navbatida, kompaniya vakillari tomonidan kadrlar tayyorlashning 3 bosqichli tizimini joriy etish taklif etildi. Unga ko'ra, tibbiyot xodimlari va boshqaruv kadrlarini o'qitish hamda hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari mutaxassislarini tayyorlash ko'zda tutilgan.
Uchrashuv yakunida raqamli tibbiyotni rivojlantirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish hamda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.