Yurtimiz tibbiyotini transformasiya qilish jarayonida sohani yuqori malakali va raqobatdosh kadrlar bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratib kelinmoqda

Yurtimiz tibbiyotini transformasiya qilish jarayonida sohani yuqori malakali va raqobatdosh kadrlar bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratib kelinmoqda

Yurtimiz tibbiyotini transformasiya qilish jarayonida sohani yuqori malakali va raqobatdosh kadrlar bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining bu borada tutgan o'rni tobora mustahkamlanib boryapti.
Ertaga shu maqsadda bunyod etilgan mazkur tibbiyot oliy o'quv yurtining yangi zamonaviy ko'p tarmoqli klinikasi foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Aytish lozimki, muassasa sun'iy intellekt texnologiyalari bilan to'liq jihozlangan bo'lib, yurtimizdagi ilk kompleks Smart AI-shifoxonalardan hisoblanadi.
Bu, o'z navbatida, raqamli tibbiyotning zamonaviy va kompleks modelini amaliyotga keng joriy etish imkonini berishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Yangi klinika nafaqat bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatadi, ayni chog'da talabalar va yosh mutaxassislar uchun amaliyot bazasi sifatida ham faoliyat olib boradi.
SSV matbuot xizmati jamoasi mazkur jarayonlarni tasvirga olish maqsadida Farg'ona viloyatida bo'lib turibdi. Ochilish marosimi tafsilotlari onlayn yoritib boriladi.
27-03-2026, 19:15
Sahifaga qaytish