Sog'liqni saqlash vazirligining navbatdagi Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tmoqda



Sog'liqni saqlash vazirligining navbatdagi Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tmoqda. Uni Sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov olib boryapti.Tadbirda vazir o'rinbosarlari, "Sog'liqni saqlash loyihalari markazi" loyiha ofisi va vazirlik Markaziy apparati xodimlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi, Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi, Farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti kabi tuzilmalar, ixtisoslashtirilgan markazlar, respublika davolash muassasalari va poytaxtda joylashgan tibbiyot oliy o'quv yurtlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Joylardagi studiyalardan Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, barcha hududiy boshqarmalar, ixtisoslashgan markazlar filiallari, davolash muassasalari, soha oliy ta'lim muassasalari hamda tuman tibbiyot birlashmalari mas'ullari ulangan.
Ayni paytda kun tartibidagi dastlaki masala — aholiga endokrinologik xizmat ko'rsatish bilan bog'liq muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan vazir A.Xudayarov ma'ruza qilmoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
