So'nggi yillarda dunyoda qandli diabet xastaligiga chalingan aholi soni tobora ortib bormoqda
Achinarlisi, ushbu dard bilan og'riyotgan insonlarning ko'pchiligi o'z kasalligi haqida bilmaydi. Shu bois mazkur muammoning dolzarbligini hisobga olgan holda JSST qandli diabetni "XXI asr epidemiyasi" deb e'lon qilgan.
Poytaxtimizdagi "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida "qandli diabetni boshqarishda zamonaviy yondashuv" mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada ushbu konferentsiya tafsilotlari haqida batafsil so'z boradi.